Xalqaro universitetlar
Kuchli SAT va IELTS (6.5+) tayyorgarligi bilan dunyoning top universitetlariga yo’l ochamiz, kelajakka tayyorlaymiz.
Najot Ta’lim jamoasidan:
Xalqaro universitetlar va kelajak kasblariga olib chiquvchi ishonchli maktab — endi o'z shahringizda.
Maktabga qabul →
Najot Ta’lim maktabi - Najot Ta’lim markazi loyihasi.
Najot Ta’lim markazi - Dizayn, Dasturlash va Marketing yo’nalishlari bo’yicha ta’lim beradi. Markaz 2018-yil o’z faoliyatini boshlagan bo’lib, 7 yil davomida 6 ta filial ochdi. Quvonarlisi bitiruvchilarning 85-95% o’z sohasi bo’yicha ish topishgan.
7 yil davomida quyidagi loyihalarga asos solingan:
Biz shunchaki maktab emasmiz. Biz — farzandingizga zamonaviy kasb va mustahkam xarakter beradigan poydevormiz.
Kuchli SAT va IELTS (6.5+) tayyorgarligi bilan dunyoning top universitetlariga yo’l ochamiz, kelajakka tayyorlaymiz.
Farzandingiz "Robbit" akademiyasi bilan dasturlashni va robotlarni boshqarishni professional darajada o'rganadi.
O‘quvchilarimiz 2 tilni (ingliz, rus) tizimli o‘rganishadi va xalqaro maydonda o'ziga ishongan bo'lishadi.
BMT tizimidagi 22 soft-skill darslari va shaxsiy mas'uliyat orqali farzandingizda liderlik fazilatlari shakllanadi.
Ota-onalar maxsus CRM tizimi orqali farzandining 100 ballik reytingini va rivojlanishini doimiy kuzatib boradi.
Diqqatni jamlash uchun maktabimizda smartfonlar taqiqlangan. Noutbuklar — majburiy o'quv qurolimizdir.
Dasturimiz har bir bolaning noyob qobiliyatini aniqlash va aynan shu yo‘nalishda o‘sishiga yordam beradi.
Poydevor bosqichi: chuqur bilim va ko‘nikmalar, qiziqishlarni aniqlash hamda rus tilini puxta o‘rganish.
Dastur bilan tanishish
Maqsadlar bosqichi: SAT/IELTSga tayyorgarlik, ingliz tilini mukammallashtirish, IT va matematikani chuqurlashtirish.
Dastur bilan tanishish
Har bir bolaning oʻziga xos iqtidori bor. Bizning toʻgaraklarimiz aynan shu yashirin salohiyatni kashf etish uchundir.
Oʻquvchilar isteʼmolchidan yaratuvchiga aylanadi, mantiqiy fikrlash va gʻoyani amalga oshirishni oʻrganadi.
Fikrni erkin va ishonchli ifoda etish, oʻz nuqtai nazarini himoya qilish va dunyoqarashini kengaytirish.
Akademik bilimlarni toʻldiruvchi hayotiy koʻnikmalar: strategik fikrlash, moliyani boshqarish va notiqlik.
Ismingiz va telefon raqamingizni yozib qoldiring. Biz sizga qoʻngʻiroq qilib, barcha savollaringizga javob beramiz va individual konsultatsiya oʻtkazamiz.
Biz shunchaki ta'lim bermaymiz, balki farzandingizning muvaffaqiyati uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratamiz.
Katta, yashil va to'liq himoyalangan hudud. Farzandingizning kun davomida xavfsiz va faol dam olishi uchun.
Smartfonlardan xoli, diqqatni jamlashga qaratilgan muhit. Noutbuk — o‘qish va ijod uchun yagona vosita.
Shaxsiy onlayn kabinet orqali farzandingizning barcha natijalarini 100 ballik shkalada real vaqtda kuzating.
Malakali shifokor va hamshira kun davomida farzandingiz salomatligini nazorat qiladi va yordam ko'rsatadi.
Yangi mahsulotlardan tayyorlangan kunlik 3 mahalli sog'lom taomnoma. Kun davomida zarur energiya bilan ta'minlaydi.
Har oy o‘z sohasining liderlari bilan mahorat darslari. Bu kuchli motivatsiya va kelajak uchun aniq yo‘llanmadir.
Shaxmat Federatsiyasi va “Robbit” akademiyasi kabi hamkorlar bilan professional darajada shug‘ullanish.
Professional qo'riqlash xizmati va doimiy videokuzatuv farzandingizning to'liq xavfsizligini kafolatlaydi.
Farzandingizning porloq kelajagi sari yo‘l atigi bir necha oddiy qadamdan iborat.
Veb-saytimizdagi formani to‘ldiring yoki bizga qo‘ng‘iroq qiling. Menejerimiz siz bilan bog‘lanib, barcha kerakli savollaringizga javob beradi.
Siz va farzandingiz uchun maxsus ekskursiya. Bu – imkoniyatlarimizni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rish va muhitimizni his qilish uchun eng yaxshi imkoniyat.
Farzandingizning bilim darajasi va psixologik tayyorgarligini aniqlash uchun o‘qituvchilarimiz va psixologimiz bilan o‘tkaziladigan samimiy suhbat.
Suhbat natijalariga ko‘ra qabul komissiyasi o‘z qarorini e’lon qiladi. Ijobiy qarordan so‘ng, ota-onalar bilan rasmiy shartnoma imzolanadi va farzandingiz jamoamiz a’zosiga aylanadi.
Ariza qoldirish uchun ismingiz va raqamingizni kiriting. Menejerimiz siz bilan bog'lanib, keyingi bosqich — maktabga tashrif kunini belgilaydi.
O‘quvchining salohiyatidan kelib chiqqan holda aniq, tabiiy yoki ijtimoiy fanlardan biriga chuqurlashuv
Ismingiz va telefon raqamingizni yozib qoldiring. Biz sizga qoʻngʻiroq qilib, barcha savollaringizga javob beramiz va individual konsultatsiya oʻtkazamiz.
Bizga eng ko‘p yo‘llanadigan savollarni to‘pladik. Agar o‘z savolingizga javob topa olmasangiz, biz bilan bemalol Telegram orqali bog‘laning, mamnuniyat bilan yordam beramiz.
Darslarimiz asosan davlat tilida (o‘zbek tilida) olib boriladi, lekin til o‘rganishga bosqichma-bosqich yondashiladi. 1-4-sinflarda rus tiliga kuchli urg‘u berilib, muloqot va fan asoslari shu tilda ham mustahkamlanadi. 5-sinfdan boshlab esa ingliz tili asosiy xorijiy tilga aylanadi va ayrim fanlar shu tilda o‘qitiladi. Maqsadimiz – bitiruvchilarning o‘zbek, rus va ingliz tillarida erkin muloqot qila olishidir.
Bizning asosiy farqimiz - bu zamonaviy kasblarga yo'naltirilganlik va xalqaro standartlarga e'tibor. Biz nafaqat umumiy fanlarni, balki IT, dizayn, marketing va liderlik ko'nikmalarini ham chuqur o'rgatamiz.
Albatta. Dasturimiz bolaning yoshiga mos ravishda tillarni bosqichma-bosqich o'rganishga mo'ljallangan. Bu tabiiy va samarali jarayon bo'lib, bolani ortiqcha zo'riqtirmaydi.
Bizning barcha o'qituvchilarimiz o'z sohasining mutaxassislari bo'lib, bir necha bosqichli suhbat va sinovlardan o'tishgan. Ular nafaqat kuchli bilimga, balki zamonaviy pedagogik metodikalarga ham ega.
To'liq ma'lumot olish uchun, iltimos, saytimizdagi aloqa formasi orqali murojaat qiling yoki ko'rsatilgan telefon raqamiga qo'ng'iroq qiling. Menejerlarimiz sizga barcha tafsilotlarni tushuntirib berishadi.